Shifokoringiz bilan
yuzma-yuz, masofadan.
O‘zingizga kerakli mutaxassisni tanlang, qulay vaqtga yoziling va shu yerning o‘zida bog‘laning.
Maxfiylik haqida
Qabul uchun kiritilgan ism, telefon va murojaat sababi shifokor hamda mas’ul administratorga ko‘rinadi. Shikoyatni faqat siz va mas’ul administrator ko‘radi. Ochiq ro‘yxatda faqat baholarning umumiy natijasi chiqadi. Video va suhbat ovozi avtomatik yozib olinmaydi. Siz yuborgan matn, rasm, hujjat va ovozli xabarlar tegishli shifokorning shaxsiy yozishmasida, har bir qabul uchun alohida saqlanadi. Ularga faqat siz va shu shifokor kira oladi; ochiq saytga chiqarilmaydi. Suhbat barqarorligi internet va qurilmalarga bog‘liq. Tizim suhbatni jadvaldagi tugash vaqti bilan uzmaydi. Qabul ma’lumotlari shu brauzer oynasida eslab turiladi. Umumiy qurilmada qabuldan so‘ng “Bu oynadagi qabullarni yashirish” tugmasini bosing.